Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla raislariga qo‘shimcha huquqlar berildi

Mahalla raislariga qo‘shimcha huquqlar berildi

«Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–81-son, 01.03.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari negizida tegishincha Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Vazirlik nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mahallalar bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Mahalla, nuroniy va keksalar masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlik bilan majburiy tartibda kelishiladi.

Farmonga ko‘ra, mahalla raisiga qo‘shimcha huquqlar berildi.

Mahalla raisi, jumladan, tuman (shahar) hokimi yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarini rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha mazkur xodimlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritishi mumkin.

2022 yil 1 iyulgacha «Mahalla to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Farmon bilan shuningdek, aholi muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish hamda murojaatlarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqishning bir-biri bilan uzviy bog‘langan to‘rt pog‘onali «mahalla–tuman–viloyat–respublika» tizimi joriy etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring