Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkumning qarzini yaqinlari to‘lab berishdi...

Mahkumning qarzini yaqinlari to‘lab berishdi...

Foto:«Xabar.uz»

Dang‘aralik (Farg‘ona viloyati) U. A. bir marta yo‘l-transport hodisasini sodir etib, bir insonga og‘ir jarohat yetkazilishiga sabab bo‘lgan, biroq jabrlanuvchining murosaga kelishi ortidan tomonlar yarashib, shu asosda jinoyat ishi tugatilgandi.

Ko‘p o‘tmay u yana yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bunisida ikki nafar inson vafot etdi... Natijada sud hukmi bilan U. A. 9 yil muddatga ozodlik mahrum etildi.

Tayinlangan jazo uning jabrlanuvchilarga yetkazgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplashdan istisno etmaydi, albatta. Zararlarning umumiy miqdori esa 73 million so‘mdan ko‘proq. Jazoni o‘tab qaytguncha jabarlanuvchilarni kuttirish insofdan emas. Boz ustiga, mahkumda barcha zararlarni to‘lash imkoni ham yo‘q. 

Nima qilish kerak?

Ayni shu nuqtada mahkumning yaqinlari tantilik qilishdi. Ular jami moddiy va ma’naviy zararlarni naqd ko‘rishda qoplab berdi. Bu jarayonda Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi xodimlarining tushuntirishlari alohida ta’kidga loyiq.

To‘g‘ri gapni to‘g‘ri tushuntirishning  natijasi shunaqa bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring