Majburiy ijro byurosi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan, Muzaffar Eminovich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. Shuningdek, Bosh prokurorning tegishli buyrug‘iga ko‘ra, G‘ayratjon Sobirovich Fozilov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter