Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Akademiyasi axborot portalini yaratish maqsadida yuqori maoshli lavozimlarga taklif qilmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi axborot portalini yaratish maqsadida yuqori maoshli lavozimlarga taklif qilmoqda

Фото: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura Akademiyasining axborot portalini yaratish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markaziga quyidagi mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tanlovi e’lon qilinadi: dasturchi, ma’lumotlar bazasi administratori.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori kasbiy bilim, zarur ish tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini professional darajada qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lish.

Dasturchilar quyidagi dasturlash tili va texnologiyalarni bilishi va ular bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishlari kerak:

– Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++;

– HTML, CSS, JavaScript, Jquery;

– (Wicket, Spring va boshqalar) zamonaviy veb freymvorklar;

– ORM (MyBatis, Hibernate va b.);

– WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari;

–WinAPI ishlab chiqish, veb brauzerlar uchun plaginlar ishlab chiqish;

– SDK qurilmalari bilan ishlash va ularni tizimga integratsiyalash;

–Android uchun qurilmalar ishlab chiqish, J2ME ishlab chiqish;

–iOS, Windows uchun qurilmalar ishlab chiqish.

Taklif qilinayotgan lavozimlar uchun yuqori oylik ish haqi belgilangan (uch oy muddat davomida loyiha amalga oshirilguncha).

Tanlovda qatnashish, qo‘shimcha talablar va zarur bo‘lgan hujjatlar masalasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasiga murojaat qilish lozim.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanishi – 2018-yil 6-avgust, tamomlanishi – 2018-yil 12-avgust.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 59-uy. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi.

Telefon: 0371-207-11-85, 0371-202-04-96, (98) 812-27-03.

E–mail: proacademy@prokuratura.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring