Maktabgacha ta’lim vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Kahramon Olimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Bahodirjon Onorboyev tayinlandi. Bu haqda «Nigoh» kanali xabar berdi.
Shuningdek, Maqsudjon Yo‘ldoshev ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Vazirning yangi o‘rinbosari lavozimiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Uzokboy Begimkulov tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter