Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziya kompaniyasi Toshkentga aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Malayziya kompaniyasi Toshkentga aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Bangkok Post.

Malayziyaning «Malaysia Airlines» aviakompaniyasi «Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda.

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning xabariga ko‘ra, birinchi charter reys 2023-yil 1-martga belgilangan.

Parvozlar har o‘n kunda bir marta «Airbus A330» samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring