Mard va jasur avlodni ona tarbiyalaydi — Prezident

Ayni vaqtda 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrik nutqi davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
«Ilm - najot, tarbiya - najot, deganimiz bejiz emas. Yetuk insonni tarbiyalash onaga bog‘liq. Mard va jasur avlodni ona tarbiyalaydi.
Biz mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish uchun, yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydik.
Farzandlarimiz qalbiga ulug‘ maqsadlar, olijanob g‘oyalarni singdirish – barcha O‘zbekiston onalarining sharafli burchidir.
Yuksak fazilatli, mard va jasur, vatanparvar yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish albatta sizlarga bog‘liq. Bu – yorug‘ kelajakka yo‘naltirilgan eng katta investitsiya va bitmas-tuganmas boylikdir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter