Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi uy-joylar narxlari solishtirildi

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi uy-joylar narxlari solishtirildi

Foto: «Rossaprimavera»

Tojikiston — MDHdagi uy-joy eng arzon mamlakat, bu haqda «Rossaprimavera» mazkur respublika statistika agentligi 7 may kuni taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi.

Tojikistonda uy-joyning bir kvadrat metri — $350-$500.

Uy-joyning bir kvadrat metri Qirg‘iziston va O‘zbekistonda — $500-800, Qozog‘istonda — $1000, Turkmanistonda — $1500, deyiladi xabarda.

2022-yilning 1-choragida Tojikistonda 250,4 ming kv. metr uy-joy qurildi, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 116,7 foizni tashkil etadi.

O‘tgan yili Tojikistonda foydalanishga topshirilgan uy-joylar umumiy maydoni borasida ichki rekord o‘rnatilgandi — 1,4 mln kvadrat metr.

Tojikiston aholisini uy-joy bilan ta’minlashda MDHning boshqa mamlakatlaridan ortda qolmoqda. Holat mamlakat aholisi soni nisbatan tez o‘sayotgani bilan ham izohlanadi, mustaqillik yillarida Tojikiston aholisi 76,6 foizga ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring