Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matonatli xotin-qizlar ko‘pligidan xursandman» — Saida Mirziyoyeva (foto)

«Matonatli xotin-qizlar ko‘pligidan xursandman» — Saida Mirziyoyeva (foto)

Foto: Saida Mirziyoyevaning telegram kanali

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, yuksak marralarni egallagan, boshqalarni ham maqsad va orzular sari ilhomlantirayotgan ayollar bilan ko‘rishdi.

«Uchrashuv davomida tajribamiz, yutuqlarimiz, motivatsiya va muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdik. Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda tez-tez uchrayotgan, hali ham yechimini topmagan muammolarni ko‘rib chiqdik.

Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qat’iyatli xotin-qizlar ko‘pligidan xursandman. Ular o‘zlarini to‘laqonli namoyon etib, maqsadlari yo‘lida dadil qadam qo‘ymoqdalar. Muammolarni ko‘tarishdan cho‘chimaydigan, ularni hal etishga intilib, bugunimiz va kelajagimizni o‘zgartirishga hissa qo‘shayotgan har bir opa-singlimizga minnatdorlik bildiraman», deydi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring