MIBning 24 nafar xodimiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
2021 yilda MIBning 24 nafar xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda tashkilotning axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov AOKA tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
O‘tkazilgan xizmat tekshiruvlariga ko‘ra, qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘ygan 69 nafar xodim intizomiy jazo tariqasida Byuro organlaridan bo‘shatilgan.
Shuningdek, qo‘pol qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 24 nafar xodimga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shundan 18 tasi shaxsiy xavfsizlik tarmoq xodimlarining tashabbuslari asosida fosh etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter