Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrokreditbank jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi

Mikrokreditbank jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi

Foto: Mikrokreditbank

Mikrokreditbank «Quyonchilik sohasini, quyon mahsulotlarini va uning foydali jihatlarini ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi yoritilishi» mavzusida jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi: O‘zbekistonda quyonchilik sohasini rivojlantirish, aholining mazkur masalaga e’tiborini qaratib, uning foydalilik xususiyatlarini keng yoritishdan iborat.

Tanlovga ishtirokchilardan 3 tadan kam bo‘lmagan jurnalistik materiallar qabul qilinadi.

Tanlov materiallarining tili: o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillari.

Hujjatlarni jo‘natishning eng oxirgi muddati: 2020 yil 15 dekabr, soat 17:00 gacha.

Tanlov ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lishlari mumkin:

Televideniya yo‘nalishi bo‘yicha

  • Eng yaxshi reportaj
  • Eng yaxshi telelavha
  • Radio yo‘nalishi bo‘yicha
  • Eng yaxshi reportaj
  • Eng yaxshi radio eshittirish

Matbuotda

  • Eng yaxshi reportaj
  • Eng yaxshi maqola
  • Internet saytida
  • Eng yaxshi reportaj
  • Eng yaxshi maqola

Blogerlar orasida

  • Eng ommabop blogpost

Tanlov natijalariga ko‘ra:

  • har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 tadan asosiy g‘olibga zamonaviy noutbuk
  • har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 tadan rag‘batlantiruvchiga uyali telefon.

Tanlovda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida 2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 10 dekabrgacha chop etilgan materiallar, blogerlik ishlari bilan ishtirok etish mumkin.

Barcha materiallar OAVda e’lon qilinganligi haqidagi asosnomaga ega bo‘lishi lozim (gazeta/ jurnal sahifasining nusxasi, internet-resurs skrinshoti, TV/radioefirda materialning ketganlik sanasi ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma). Audio/video ishlar, albatta fayl almashinish uskunalariga yuklangan bo‘lib, u yerdan materiallarni ko‘chirib olish yoki eshitish/ko‘rish imkoni mavjud bo‘lishi kerak, havolalari esa arizada aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Tanlovga materiallar qatnashchi haqida qisqacha ma’lumot, xizmat qilayotgan OAV nomi (blogi) lavozimi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda, 2020 yil 15 dekabr kuniga qadar info@mikrokreditbank.uz elektron pochtasida va/yoki 97 130 96 66 telegram manzilida qabul qilinadi.

Hujjatlaringiz bizga to‘liq yetib kelganligini (71) 273 28 10 raqamiga telefon qilib, tasdiqlatib olishni unutmang, — deyiladi Mikrokreditbank matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring