Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Millioner shou» aksiyasi bilan bog‘liq muammo: mutasaddi nima deydi?

«Millioner shou» aksiyasi bilan bog‘liq muammo: mutasaddi nima deydi?

Foto:«Xabar.uz»

«Xabar.uz»ga o‘quvchilardan murojaat kelib tushdi. Unda bayon etilishicha, Toshkentdagi Aviasozlar bozorida sotilayotgan «Sochnaya Dolina»ning «Millioner shou» aksiyasi sharbat qutilarining ayrimlarida promo-kodlar qayd etilmagani ma’lum bo‘lgan. Kod yoziladigan qism o‘chirilganda u yer bo‘m-bo‘sh bo‘lib chiqqan.

Biz masalaga  oydinlik kiritish uchun «Sochnaya Dolina» bilan bog‘landik. Kompaniyaning marketing bo‘limi boshlig‘i Malik Ro‘zibayevning ta’kidlashicha, ular mazkur muammodan xabardor (ishlab chiqarilgan stikerlarning birinchi qismi brak chiqqan, lekin bu muammo bartaraf etilgan) va iste’molchilardan kelib tushayotgan barcha murojaatlar bo‘yicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

— Mazkur muammoga duch kelib, biz bilan bog‘langan har bir mijozga (iste’molchi yoki savdo do‘koni) o‘chmagan kodlar o‘rniga boshqa kodlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, yo‘nalishlarda sotuvga chiqib ketgan, brak chiqqan mahsulotlarni qaytarish ishlari ham  olib borilmoqda. Qayerda muammosi bor tovar sotilayotgan bo‘lsa o‘rganib, almashtirib beryapmiz. Har ikki kunda «Telegram» messenjeridagi kanalimizda ushbu muammoga duch kelganlar bizga bog‘lanishi va ularga kodlar taqdim etilishini e’lon qilib boryapmiz. Masalan, bugun yakshanba bo‘lishiga qaramasdan, bizga ertalabdan beri 78 113 01 01 raqamiga kelib tushgan barcha brak stikerlar bo‘yicha murojaatlar qondirib kelinmoqda, — deya masalaga izoh berdi Malik Ro‘zibayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring