Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkaziladi
Joriy yilning 8–12 noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan «INFOLIB UZBEKISTAN-2021» X Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkaziladi.
Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etiladi.
Bu yilgi haftalikda «O‘zbekiston yosh kutubxonachilari: biz birgalikda harakat qilamiz!» shiori ostida Yosh kutubxonachilar forumi ham o‘tkaziladi.
Forumda ishtirok etish uchun turli tizimlar va idoralar kutubxonalarining 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislari; madaniyat muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilik qilayotgan yosh o‘qituvchilar va aspirantlar; axborot-kutubxona markazlari rahbarlari va yosh mutaxassislari taklif etiladi.
Haftalik doirasida jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar, treninglar, mahorat darslari o‘tkazish hamda nashriyotlar ishtirokida kitob ko‘rgazmalari, yarmarkalarini tashkil etish, mutaxassislarning ma’naviy-madaniy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar, mahorat darslari, ishtirokchilarni keng jalb qilgan holda intellektual bilimini oshiruvchi viktorinalar, taniqli fan va madaniyat namoyandalari, san’atkor va ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter