Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaga ishga kiritish uchun 4 000 AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

Milliy gvardiyaga ishga kiritish uchun 4 000 AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. boshqa bir fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.X. boshqa bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, uni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring