Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi: «Tenderlar qat’iy nazoratga olinadi»

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi: «Tenderlar qat’iy nazoratga olinadi»

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimligida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev ommaviy axborot vositalari vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot berdi, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Hokim, jumladan, «Xabar.uz» muxbirining savoliga javoban hokimlik miqyosida o‘tkaziladigan tenderlarning shaffofligini ham nazoratga olinishini ta’kidladi.

«Investitsiya dasturiga tushgan ob’yektlarni nazorat qiladigan shtabimiz bor. Bu yildan boshlab bizdan pudratli kompaniyalar bo‘yicha takliflarimizni so‘rashyapti. O‘zimiz bilgan, ishongan tadbirkorlarga ob’yektlarni ishonib topshirishish borasida.

Ilgari haqiqatan ham tenderda hattoki ruchkasi bo‘lmagan qurilish firmalariga arzonroq narx aytgani uchun berib yuboraverishgan. Endi, masalan, bir milliard so‘mlik ob’yekt bo‘lsa, uning hisobida kamida 300 million aylanma mablag‘i bo‘lishi talab etiladi. Ajratilgan mablag‘ning har bir so‘mi, ishning sifati, muddati qat’iy nazoratga olinadi. Tanish-bilish yoki boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Sh.Irgashev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkatbek Irgashev shu yilning 18 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Uchtepa tumani hokimi bo‘lgan, 2005−2013-yillarda esa Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring