Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MKBANKda Mustaqillik bayrami keng nishonlandi!

MKBANKda Mustaqillik bayrami keng nishonlandi!

Mustaqil O‘zbekiston davlatining dunyo xaritasidan o‘rin egallaganiga 32 yil bo‘ldi. Tarixan qisqa davr ichida kuchli demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. Istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi.

Vatan mustaqilligi – bu qadr-qimmatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, bebaho ne’mat. Shu bois ham biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lmish Mustaqillik bayramini har tomonlama katta tayyorgarlik bilan kutib olish mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qolgan.

Ana shu an’ana «Mikrokreditbank»da davom ettirilib, «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», «Do‘stlik» ordeni sovrindori, iste’dodli shoira Zulfiya Mo‘minova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda shoira o‘z ijodidagi she’rlaridan o‘qib, istiqlolning qadri naqadar ulug‘ligi haqida fikr bildirdilar.

Shuningdek, uchrashuvda Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Djumaniyazov ham ishtirok etib, bank yoshlari bilan mustaqillik va ma’naviyat to‘g‘risida suhbatlashdi.

Tadbir davomida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovining 2-bosqich g‘oliblari Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Djumaniyazov va shoira Zulfiya Mo‘minovadan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishdi.

Bank xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, tadbir davomida tashkil etilgan «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» nomli diktantlar tanlovida ham ishtirok etishib, o‘zlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha ko‘nikmalarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi tomonidan bank xodimlari uchun taqdim etilgan kitoblar jamlanmasi tabdir ishtirokchilari uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring