Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobil operatorlar 1 yanvardan boshlab boshlab har bir abonent uchun 4 ming so‘mdan to‘laydi

Mobil operatorlar 1 yanvardan boshlab boshlab har bir abonent uchun 4 ming so‘mdan to‘laydi

Foto: «Navigator.se»

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mobil aloqa (uyali aloqa kompaniyalari) xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan abonentlik raqamini ishlatish uchun to‘lov miqdorni oshiriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, 1-yanvardan boshlab mobil aloqa operatorlari 4 ming so‘mdan to‘laydi, bu esa 2017-yil bilan solishtirganda 1250 so‘mga ko‘pdir.

To‘lov har bir abonentlik raqami uchun olinadi. Ularning soni esa oyning so‘nggi kunidagi holat bo‘yicha aniqlanadi.

Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring