Moliya vazirligi departamentiga direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati departamenti direktori lavozimiga Gulnora Murodova tayinlandi.
Gulnora Murodova 1987-yilda Toshkent viloyati, Qibray tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent shahridagi Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasini va 2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Gulnora Murodova o‘z mehnat faoliyatini 2008-yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan, 2013-2017-yillarda bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.
2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bosh mutaxassis, keyinchalik esa sho‘’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar, Moliya vazirligining Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash departamentining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter