Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MTV mingga yaqin bog‘cha vaqtincha yopilganini e’lon qildi

MTV mingga yaqin bog‘cha vaqtincha yopilganini e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

931 ta nodavlat bog‘cha kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmagani sababli vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lum qildi.

Ularning eng ko‘pi Farg‘onada, bu yerda 125 ta bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtagan. 

Ushbu maktabgacha talim tashkilotlari issiqlik tizimi sozlanib, kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng yana qayta faoliyatini tiklaydi.

13-dekabr holatiga ko‘ra 88,9 ming tonna ko‘mir mahsuloti maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi.

Joriy yilda respublikadagi 2 ta MTT to‘liq mukammal ta’mirlanib, 835 tasida joriy ta’mirlash ishlari yakunlandi. Buning uchun jami 132,3 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. 11 ta MTTda joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Joriy ta’mirlash ishlari uchun mahalliy budjetdan 4-chorakda moliyalashtirish ochilganligi sababli 20-dekabr kuniga qadar ta’mirlash ishlari yakuniga yetkaziladi, deydi vazirlik vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring