Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy Nuriddin Holiqnazarovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Muftiy Nuriddin Holiqnazarovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi. 

Muhammadolim Muhammadsiddiqov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misr Arab Respublikasining Qohira davlat universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, kafedra mudiri vazifalarida mehnat qilgan.

Siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov 2023 yil yanvar oyidan hozirga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring