Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy o‘tkazgan yig‘ilishda bir qancha imom-xatiblar ishdan olindi

Muftiy o‘tkazgan yig‘ilishda bir qancha imom-xatiblar ishdan olindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari raisligida 28-fevral, seshanba kuni respublika diniy soha xodimlarining tanqidiy-tahliliy videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2022-yil davomida masjidlar imom-xatiblari, imom-noiblari, mudarrislar va otinoyilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ayrim diniy soha xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni isloh qilish masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.

Xususan, mehnat intizomiga rioya etmagan, vazifasiga vijdonan yondashmagan, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini qondirishga jiddiy sa’y-harakat qilmagan va diniy soha xodimi maqomiga munosib bo‘lmagan 1 nafar viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari, 2 nafar tuman bosh imomi va 1 nafar imom-xatib ishdan olindi va 4 nafariga hayfsan intizomiy jazosi berildi. Jumladan:

Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Abdusalom Fatullayev, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani bosh imomi va «Shoh Mashrab» masjidi imom-xatibi Hafizullo Zayniyev, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Habibulla Abloqulov va Xorazm viloyati Shovot tumani «Xo‘roz Eshon bobo» masjidi imom-xatibi Davronbek Ro‘zmetov egallab turgan vazifalaridan ozod etildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali Jabborov, Jizzax shahar bosh imom-xatibi Faxriddin Shayzaqov, Toshkent viloyati «Rahbar ota Akbar o‘g‘li» masjidi imom-xatibi Muhammadiy Rahmanov va Farg‘ona viloyati So‘x tumani «Oftobro‘y» masjidi imom noibi Ilhomiddin Toirovga hayfsan intizomiy jazosi berildi. Bundan tashqari, Toshkent shahri «al-Hudaybiya» masjidi imom noibi Shuhrat Ziyayev mehnat intizomiga rioya etmagani uchun chora sifatida boshqa ishga o‘tkazildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring