Muhammad Ismoil komadagi o‘g‘lining holati haqida ma’lumot berdi
Taniqli shoir Muhammad Ismoil mashina urib ketishi oqibatida komaga tushib qolgan o‘g‘lining hozirgi holati haqida ma’lumot bergan.
«Bugun o‘g‘lim ko‘zini ochdi. Uning kipriklariga farishtalar qo‘nib, mayin erkalagancha kiprik tolalarini birma-bir ko‘tardi. Mudhish zulmat asta-asta chekina boshladi. Qora qayg‘u nari surildi. Uch kun behush yotgan bolajonim, jigarporam, ko‘zimning oq-u qorasi bu yorug‘ olamga qaytib keldi, u meni ko‘rdi. Men ham uning ko‘zlariga qarab, dardu azoblardan qiyma-qiyma bo‘lgan, ingrab-ingrab, titrab-qaqshab, og‘riqlar zo‘ridan sillasi qurib, parokanda jon bilan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a nafas olayotgan o‘g‘limni ko‘rdim. O‘g‘limni bag‘rimga qaytarganing rost bo‘lsin, Xudojon!», deb yozgan shoir.
Uning aytishicha, yigit hozircha quvvatga kirmagan, hamon Toshkentdagi shifoxonada reanimatsiyada qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Ismoilning 25 yoshli o‘g‘lini shu yilning 8 iyun kuni Ohangaron tumanidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida mashina urib ketgan edi. Haydovchi ushlanib, jazolangani bo‘yicha hozirgacha biror ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter