Murg‘ak farzandlarini kaltaklab, videoga olgan toshbag‘ir ota topildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkakning ikki nafar yosh bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotganligi tasvirlangan video tarqalgan edi.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, shu yil 15-yanvar kuni olingan tasvirdagi erkak Namangan viloyati Chust shahrida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan S.Po‘latov ekanligi aniqlangan.
Fuqaro S.Po‘latov voyaga yetmagan farzandlarini tashlab Rossiyaga ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini qaytarish maqsadida o‘zi videoga olganligi va turmush o‘rtog‘iga yuborganligi, video turmush o‘rtog‘i tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilganligini ma’lum qilgan.
Fuqaro S.Po‘latov qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, ushbu holat yurtdoshlarimiz orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.
Ayni vaqtda Chust tumani IIB tomonidan holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter