Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murod Nazarov hibsga olingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Murod Nazarov hibsga olingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Taniqli tadbirkor Murod Nazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, hibsga olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Kimdir hibsga olinganim, kimdir biznesim yoki oilam haqida yozmoqda...

Men yaxshiman. Tirikman, energiya va pozitivlikka to‘laman. Har daqiqada oilaviy muhitdan va ishimdan zavqlanmoqdaman. Chunki qalbimda muhabbat, ongimda esa faqat yorqin fikrlar va baxtli, tinch hamda go‘zal kelajak bor!», deb yozdi u.

Avvalroq Murod Nazarovning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgani xabar qilingandi. Qarorda aytilishicha, uning o‘zi bunga ariza bergan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring