Murod Xonto‘rayevning o‘limi haqida ovozli xabar tarqatgan yigit uzr so‘radi
Avvalroq MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i» Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Murod Xonto‘rayevning vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda sportchining mast bo‘lgani, o‘limidan avval bir kishiga to‘pponcha o‘qtalgani haqida audioyozuv tarqaldi. Ana shu xabarlarni tarqatgan yigit uzr so‘radi.
«O‘sha ovozli xabarni tarqatgan yigit men bo‘laman. Xabarni og‘aynilarimning guruhiga tashlagandim. Lekin u katta-katta kanallarga tarqalib ketdi. Ming bor uzr so‘rayman.
Murod akam bunday ishlar qiladi deb o‘ylamasdim, eshitgan gapimni aytibman», – deydi yigit.
Bugun, 19-iyul kuni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘zining boshqaruvidagi BMW X5 avtomashinasida avtohalokatga uchrab, vafot etdi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati mazkur YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter