Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, aholining turizm xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, shuningdek, yurtdoshlarimizga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda

Jumladan, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar) hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Madaniy meros agentligi tasarrufidagi madaniy meros obektlariga kirish chiptalariga 20 foizgacha chegirmalar tatbiq etiladi. 

Mazkur chegirmalar Mustaqillik bayrami munosabati bilan joriy etilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi – fuqarolarimizni yurtimizning tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, ichki turizm salohiyatini yanada oshirishdan iborat. 

Chegirmalar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 

- Madaniy meros ob’ektlari, muzeylar va yodgorliklarga kirish chiptalari; 

- Joylashtirish vositalarida xizmat narxlariga; 

- Ayrim ekskursiya va sayohat xizmatlariga. 

 Ayni vaqtda, turizm sohasi vakillari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring