Mustaqillik bayrami poytaxtning qaysi manzillarida nishonlanishi aytildi

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 30–31 avgust kunlari bayram sayllar o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 12:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Yunusobod tumani — “O‘zekspomarkaz” maydoni.
18:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Bektemir tumani — “Coca cola garden” bog‘i;
- Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i;
- Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni;
- Olmazor tumani — River park maydoni;
- Uchtepa tumani — “ Eco Seul” bog‘i;
- Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i);
- Shayxontohur tumani — “Navro‘z” bog‘i;
- Yangihayot tumani — “Yangi Darxon” MFY 45–46 uylar oldidagi maydon;
19:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i (Central Park);
- Yashnobod tumani — “Ashxobod” istirohat bog‘i;
- Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” istirohat bog‘i.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter