Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik maydonidagi tarixiy favvora buziladimi? Toshkent shahar hokimligi holatga izoh berdi

Mustaqillik maydonidagi tarixiy favvora buziladimi? Toshkent shahar hokimligi holatga izoh berdi

Foto: «Minbar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kutilmaganda Mustaqillik maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Hokimlik izohiga ko‘ra, holat bunday emas. Hozirda bu yerda to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur favvoraning qurilganiga 50 yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylarida darz ketgan. Agar vaqtida ta’mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor.

Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko‘p elektroenergiya sarf qiladi. Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.

Shu yil oxiriga qadar favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring