Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Musulmonlar idorasida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

4-yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov boshqa ishga o‘tganligi sababli, uning o‘rniga Toshkent shahridagi «Novza» jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan raisning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Toshkent islom instituti rektori vazifasida ishlagan Uyg‘un domla G‘ofurov tayinlandi.

Ushbu institut rektori lavozimiga esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi mudiri, doktor, professor, Muhammadsiddiqov Muhammadolim tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring