Muzaffar Soliyev ishdan olindi. U javobgarlikka tortilishi mumkin
Toshkent viloyati, Nurafshon shahrining hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi.
Bu haqdagi qaror 7 aprel, juma kuni xalq deputatlari kengashi sessiyasida qabul qilingan. Biroq hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Kun.uz qayd etishicha, Muzaffar Soliyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Muzaffar Soliyev 2021 yilning yanvarigacha uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlab kelgan. Tanqid qilinib ishdan bo‘shatilgan, ammo ko‘p o‘tmay Nurafshon shahriga hokim etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter