Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Namangan viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Bugun Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Rahmonov Shavkat Navro‘zovich Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ataxodjayev Adil Irgashevich viloyat IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vodiy viloyatlari — Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Ichki ishlar, Andijonda YHX boshqarmalari boshliqlari o‘zgargani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring