Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda italiyaliklar ishtirokida «Fleshmob» tadbiri o‘tkazildi (foto)

Namanganda italiyaliklar ishtirokida «Fleshmob» tadbiri o‘tkazildi (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligining Namangan viloyat boshqarmasi va viloyat Yoshlar ittifoqi Respublikamiz Mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab Namangan shahar davlat xizmatlari markazida «Fleshmob» tadbirini o‘tkazdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Italiyadan kelgan rasmiy delegatsiya a’zolari tadbirda mehmon bo‘lishdi.

«Fleshmob»da 100, 200, 300, 400, 500-davlat xizmatini oluvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Davlat xizmatlari xodimlari markaz xizmatidan foydalanishga kelganlarni Mustaqillik kuni bilan tabriklashdi, o‘z navbatida, mijozlar ham davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Bayram tadbiridan qaytishda har bir kishi Davlat xizmatlari markaziga o‘rnatilgan «Tilaklar doskasi»ga o‘zining ona yurtimizga dil izhorlarini muhrlab qoldirdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring