Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «SES», Sergelida «Mahalla» mansabdorlarining kirdikorlari ochildi

Namanganda «SES», Sergelida «Mahalla» mansabdorlarining kirdikorlari ochildi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari o‘zganing molini tuya qilgan mansabdorlar bilan bog‘liq ikkita holatni fosh etdi.

Eng og‘riqlisi, har ikki  holatda ham  pandemiya bilan bog‘liq murakkab vaziyatda mas’ullar o‘zgalarning  emas, o‘z manfaatini ustun qo‘yganidadir. Xususan, Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari 275,9 mln so‘m bo‘lgan «gipoxloridkalsiy» dizenfeksiyalovchi vositalarni  524,8 mln so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 248,9 mln so‘m qimmatga sotib olingani aniqlangan.

«Mahalla» xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari esa umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan mablag‘larni go‘yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun sovg‘a, moddiy yordam puli va boshqa ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilganligi haqida soxta bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali 95,8 mln so‘m mablag‘larni talon-toroj qilganliklari fosh etildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ko‘ra, aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov  harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring