Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda sotilgan sifatsiz shiferlar yangisiga almashtirildi

Navoiyda sotilgan sifatsiz shiferlar yangisiga almashtirildi

Foto: «Stroim Svoy Dom»

Yaqinda Navbahor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch telefoniga tumanning Arabxona mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Iqbol Eshmurodova tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda aytilishicha, xaridor 2017-yilning noyabr oyida tumandagi do‘konlarning biridan har birini 40 ming so‘mdan 230 dona shifer mahsulotini sotib olgan.

Ammo oradan ko‘p o‘tmay olgan shiferlarining yarmi yorilib, umuman yaroqsiz holga kelgan. I.Eshmurodova bu haqda do‘kon sotuvchisiga aytib, «bu bizning aybimiz emas, shifer zavodning o‘zidan yaroqsiz holda kelgan, agar xohlasangiz, mayli, 10 donasini almashtirib beraylik», degan javobni olgan.

Shundan so‘ng xaridor Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.

Olib borilgan o‘rganishlar I.Eshmurodavaning haqligini ko‘rsatdi. Natijada «Munjal shifer» MChJ xodimlari sotgan sifatsiz mahsuloti uchun fuqarodan uzr so‘rab, barcha yaroqsiz shiferlarni yangi, sifatlisiga almashtirib berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring