Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yangi institut tashkil etildi

Namanganda yangi institut tashkil etildi

«Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–386-son, 05.10.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.

2024/2025 o‘quv yiliga qadar Institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2026/2027 o‘quv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, Institut tarkibida quyidagilar yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi:

  • Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi;
  • Dizayn studiyasi;
  • Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi.

Institutda o‘qish quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisiliklar bo‘yicha tashkil etiladi:

  • Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
  • To‘qimachilik muhandisligi;
  • To‘qimachilik mashinalari muhandisligi;
  • Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;
  • To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi;
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni.

Magistratura mutaxassisliklari:

  • To‘qimachilik muhandisligi;
  • To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
  • To‘qimachilik mashinalari muhandisligi;
  • Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;
  • To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi;
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni;
  • To‘qimachilik mahsulotlari marketingi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring