Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kesarcha amaliyotida bemor qornida doka va rezina qo‘lqop qolib ketgan: SSV bayonoti

Kesarcha amaliyotida bemor qornida doka va rezina qo‘lqop qolib ketgan: SSV bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanida kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan ayol qornida tibbiy doka va rezina qo‘lqop qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi. 

Ayni paytda mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Namangan viloyatiga yuborildi, deyiladi vazirlik xabarida.

Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring