Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 30 mln yevrolik loyiha amalga oshiriladi

Navoiyda 30 mln yevrolik loyiha amalga oshiriladi

Foto: «Ecoproektstroy.ru»

Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida «Navoiy viloyati Karmana shahrida oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish» loyihasi amalga oshirilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Fransiya taraqqiyot agentligi loyiha uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 26,7 mln yevro miqdoridagi qarz ajratilishini ma’qullagan.

Ta’kidlanishicha, loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi – qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash, soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishda 3,3 mln yevroni tashkil etadi.

Loyihani bajarish davri 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni 2021-2024-yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 14-sanasiga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring