Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft va gaz operatsiyalarini amalga oshirish huquqi faqat «M25» konining shartnoma hududlarida ko‘rsatilgan — Altmax Holding

Neft va gaz operatsiyalarini amalga oshirish huquqi faqat «M25» konining shartnoma hududlarida ko‘rsatilgan — Altmax Holding

Altmax Holding kompaniyasi o‘zining moliyaviy hisobotidan olingan jumla «O‘zbekistondagi barcha neft va gaz operatsiyalari 35 yilga berilgan» deb talqin qilinganini qoralab, faqat Surxondaryodagi «M25» koni ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.

«Kompaniyaning auditorlik tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotida «O‘zbekiston Mustaqilligi» investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimga (MTB) havola qilingan. Kompaniyaning O‘zbekistondagi neft va gaz operatsiyalarini amalga oshirish huquqlari ushbu MTBga nisbatan ko‘rsatilgan.

MTBda qo‘llaniladigan atamalar audit qilingan moliyaviy hisobotda katta harflar bilan aks ettiriladi. Hisobotda ko‘rsatilgan «Neft va gaz operatsiyalari» (katta harf bilan) atamasi, MTB qoidalariga muvofiq, investorning belgilangan ish hajmini (geologiya-qidiruv, konlarni o‘zlashtirish,, tabiiy gaz va oltingugurtni qazib olish, qayta ishlash, tashish va h.k.)  bajarish bo‘yicha faoliyati sifatida belgilanadi. Va bu faqat MTBda ko‘rsatilgan «Mustaqillikning 25 yilligi» konining shartnoma hududlari doirasida tashkil etiladi», — deyiladi kompaniyaning  O‘zbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudovga yo‘llagan maktubida.

Altmax Holding, shuningdek,  o‘z maktubida «Ozodlik» radiosi jurnalistlarini vijdonsizlarcha iboralarni kontekstdan yulib olish va noto‘g‘ri talqin qilishda ayblagan.

«Jurnalistlar maqolasida iboralarni kontekstdan yulib, tushunchalarni almashtirish bor, deb hisoblaymiz. Jurnalistlar asosiy harflarni olib tashlash va shu tariqa yuridik atamani umumiy fuqarolik tushunchasi bilan almashtirib qo‘yish orqali kompaniyaning neft va gaz operatsiyalari hududi bo‘yicha o‘z o‘quvchilarini ataylab chalg‘itdilar», — deyiladi maktubda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring