Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega «Adolat» SDPga ovoz berish kerak? (video)

Nega «Adolat» SDPga ovoz berish kerak? (video)

Saylovoldi tashviqot so‘nggi bosqichga yetib keldi. Xalq saylov jarayonlarini izchil kuzatib, qaysi siyosiy kuchni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha bir qarorga kelmoqda. Shu o‘rinda barcha saylovchilarga eslatma sifatida «Adolat»ga ovoz berishga undovchi omillarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

  • «Adolat» SDP yagona sud tizimiga o‘tish taklifi bilan chiqib, sudlar o‘rtasidagi sarsongarchilikka qarshi turyapti! Sud jarayonida advokatura va prokuratura huquqlari tenglik prinsipini ta’minlash uchun kurashyapti! 
  • «Adolat» SDP «Korrupsiyani ildizigacha quritamiz», deya dadil ayta olyapti! Bosh prokuratura bilan hamkorlikda kelgusi 5 yilda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga murosasiz 50 ta davlat qatoriga kirishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqchi!
  • «Adolat» SDP o‘qituvchi maqomini oshirmoqchi, moddiy imkoniyatlarini kengaytirmoqchi! «O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida» alohida qonun qabul qilish niyatida!
  • «Adolat» SDP hokimlar vakolatini qisqartirish tarafdori! Hokimliklar barcha uchun teng manfaatlarni ta’minlagan holda ishlashi lozimligini uqtiryapti!
  • «Adolat» SDP yagona tergov qo‘mitasini tashkil etish taklifini ilgari surmoqda! Bu orqali dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirishni maqsad qilgan!
  • «Adolat» SDP oliy ta’limda kvotalarni bekor qilmoqchi. Har bir insonga oliy ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish niyatida!
  • «Adolat» SDP bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarga qamrab olishni ko‘paytirmoqchi va MTMlar faoliyatida sifatni oshirmoqchi!
  • MTMlar va maktablar sonini oshirib, guruh va sinflardagi bolalar sonini optimallashtiradi!
  • «Adolat» SDP dorilar narxi balandligi va har xilligini oqlamaydi! Sifatsiz va qalbaki dorilarni aptekalar peshtoqlaridan yo‘qotmoqchi!
  • «Adolat» SDP – blogerlarni deputatlikka nomzodlikka ko‘rsatgan partiya! Bu orqali jamoatchilik fikriga quloq tutadi!
  • «Adolat» SDP propiska tizimini qayta ko‘rib chiqish va yengillashtirish harakatida! Doimiy yashash joyini o‘zi belgilash huquqini to‘liq ta’minlash harakatiga tushgan!
  • «Adolat» SDP «Mehnat miggratsiyasi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilmoqchi! Bu orqali mehnat muxojirlari va ularning oila a’zolari huquqini himoya qilmoqchi!
  • «Adolat» SDP shifokorlarning dahlsizligini ta’minlab, turli tajovuzlardan himoya qilmoqchi! Xalq ishonchini oqlashda shifokorlar bilan yelkama yelka turibdi!
  • «Adolat» SDP «aqlli tibbiyot»ni joriy etib, poliklinika va shifoxonalardagi turnaqator navbatlarga barham bermoqchi! Bemorlarning sarsongarchiliklariga nuqta qo‘ymoqchi!
  • «Adolat» SDP raqamli iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlab, ushbu sohada innovatsiyaga tayanadi! Inson kapitalini har tomonlama ko‘paytirish uchun bor kuchini sarflaydi!

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring