Nega keksalar o‘rtasida saratonga chalinish kam uchraydi — olimlar
Fiziologik keksalik ayrim holatlarda yomon o‘simtalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu haqda «Aging Cell» jurnali yozmoqda.
Liverpul universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishdi: keksa yoshda bo‘ladigan hamda onkologik kasalliklar rivojlanishida yuz beradigan genetik o‘zgarishlar o‘zaro solishtirildi.
Aniqlanishicha, keksa insonlar organizmida yuz beradigan jarayonlar ba’zi holatlarda bir-birining ta’sirini qirqadi. Masalan, to‘qimalarning qarishi nafaqat yangi mutatsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi, balki mutatsiyaga uchragan hujayralarning bo‘linish jarayonini ham susaytiradi, bu esa onkologiyaning rivojlanishini sezilarli ravishda og‘irlashtiradi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, olingan ushbu natijalar keksalar o‘rtasida saraton bilan kasallanish holatlari kam uchrashiga javob bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter