Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu uch ittifoqchisi haqida keskin gapirdi

Netanyahu uch ittifoqchisi haqida keskin gapirdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada rahbarlarini HAMASni rag‘batlantirishda aybladi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uch davlat rahbarlariga so‘z hujumi qilib, ular HAMAS vakili bo‘lgan "ommaviy qotillar, zo‘rlovchilar, bolalar qotillari va o‘g‘irlab ketuvchilarni samarali qo‘llab-quvvatlaganliklarini" aytdi. 

20-may kuni Kir Starmer, Emmanuel Makron va Mark Karni Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyoti kengayganini qoralab, buni “nomutanosib” deb atadi va mintaqadagi gumanitar vaziyatni “chidab bo‘lmas” deb ta’rifladi. 

“Agar Isroil harbiy hujumlarini to‘xtatmasa va insonparvarlik yordamiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmasa, biz bunga javoban aniq choralar ko‘ramiz”, — deyiladi ular bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Isroil urush boshlagandan beri G‘azoda 52 mingdan oshiq kishi halok bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring