Nikohlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shartmi yoki...
Nikohlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shartmi? Yoki pul bo‘lsa bo‘ldi deyishlariga sabab nima?
Bu borada olib borilayotgan ijtimoiy tadqiqotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» IATM «Oilani demografik rivojlantirish» bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari mutaxassislari uchun trening o‘tkazildi.
Darhaqiqat, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘rtasida o‘zlarini sog‘lom deb bilishi, xizmatlarning bepul ekanligini bilmasligi, turnaqator navbat kutib vaqt yo‘qotish, tibbiyot muassasasini hududdan olisdaligi, shifokorlarning malakasiga ishonchsizlik yoki kasbiga mas’uliyati yo‘q, degan fikrda bo‘lib yoki hamma narsani pul bilan o‘lchaydiganlar ham yo‘q emas.
Albatta, yangi turmush qurayotgan oila sog‘lom bo‘lishi zarur va ular uchun tibbiy ko‘rik shart hisoblanadi. Ba’zi sabab va bahonalar bilan undan o‘tmaganlarning ikkisidan birini sog‘ligida muammolar chiqqanida yoki farzandlari nosog‘lom tug‘ilganida afsuslanadilar, ammo unda kech bo‘ladi.
Trening davomida asosiy e’tibor masalaning shu tomoniga qaratilib, xususan, yoshlar o‘rtasida «Nikoh oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish masalalarini o‘rganish» borasidagi ijtimoiy tadqiqot orqali sohada yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar, taklif va mulohazalarni o‘rganildi.
Aslida so‘rovnoma ikki tomon interver va respondent o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot usuli ekanligi, uni xolisona, to‘g‘ri va qisqa fursatda o‘tkazish ham, to‘ldirib aniq fikrlarni berish ham mahorat talab etiladigan jarayonligi sababli amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.
Mazkur mavzu doirasida davra suhbati ham tashkil etilib, unda viloyat Skrining markazi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Nurafshon shahar imom-xatibi o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter