Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikohning 70 yilligini nishonlagan er-xotin uch haftadan so‘ng bir kunda vafot etdi

Nikohning 70 yilligini nishonlagan er-xotin uch haftadan so‘ng bir kunda vafot etdi

Foto: «People»

Amerikaning Ogayo shtatida er-xotin to‘ylarining 70 yilligini nishonlagandan uch hafta o‘tib bir kunda vafot etdi. Bu haqda «People» xabar bermoqda.

2020-yil dekabr oyi oxirida 89 yoshli Dik Mik va 87 yoshli Shirli Mik birdan o‘zlarini yomon his qila boshladilar. 8-yanvar kuni ular COVID-19ga test topshirdilar. Afsuski, tahlil natijalari musbat chiqdi. Ular o‘sha kuniyoq shifoxonaga yotqizildi.

Ularning ahvoli keskin yomonlasha boshladi. Qarindoshlari shifokorlardan er-xotinga hayotlarining so‘nggi lahzalarini birga o‘tkazishlariga ruxsat berishni so‘rashdi. 16-yanvar kuni ular bitta xonaga ko‘chirilib, yotoqlari yonma-yon joylashtirildi. Er-xotin bir-birlarining qo‘llaridan tutishdi. Shirli boshini Dikning yelkasiga qo‘ydi. Hamshiralar ularning yoqtirgan qo‘shiqlarini sekin yoqib qo‘yishdi. Avval ayoli hayotdan ko‘z yumdi, bir necha daqiqadan keyin esa Dik vafot etdi.

«Ular olamdan o‘tishdi. Ularning sevgi tarixi yillab davom etdi va xuddi ertaklardagi kabi nihoyasiga yetdi. Ko‘nglimiz vayron, lekin xotirjammiz: endi ular abadiy birga», — deb yozadi qarindoshlaridan biri.

Dik va Shirli 19-yanvar kuni COVID-19ga qarshi vaksina qabul qilishi kerak edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring