Nobiometrik pasportning amal qilish muddati uzaytirildi

Nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2018-yil 1-iyul etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari mumkinligi haqida avval xabar bergan edik.
Adliya vazirligining «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berilishicha, Hukumatning 2018- yil 30-iyundagi 494-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nobiometrik pasportining amal qilish muddati quyidagicha belgilandi:
— mamlakat hududida 2019-yil 31-dekabrga qadar;
— chet el hududida nobiometrik pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter