Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nosoz maishiy texnika sotib olgan fuqarolarga yordam berildi

Nosoz maishiy texnika sotib olgan fuqarolarga yordam berildi

Iste’molchilar federatsiya nosoz mollar sotib olgan fuqarolarga yordam berishda davom etmoqda. 

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro D. Yodgorova murojaatiga binoan “Mega elektronika” MChJ savdo do‘konidan sotib olingan sifatsiz kir yuvish mashinasiga to‘langan 2 million 450 ming so‘m pul miqdori undirib berildi.

Shu shaharda istiqomat qiluvchi G. To‘raboyeva tomonidan berilgan arizaga ko‘ra 1 million so‘mga sok chiqargichni bir yil kafolati bilan harid qilgan. Ammo yil to‘lmay sok chiqargich nosoz holatga keladi. Murojaat yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat birlashmasi xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari olib borildi va fuqaro G. To‘rayeboyevaga sok chiqargich uchun to‘langan bir million so‘m undirib berildi.

A.Safarov qiymati 2 million 400 ming so‘mlik “Samsung” rusimli televizor nosoz holda ekanlini va do‘kon sotuvchiga ma’lum qilganligi ta’kidlaydi. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida federatsiya xodimlari tekshirish ishlarini olib bordi va “Samsung” rusimli televizor “Artel” rusimli televizorga almashtirib berildi. 

A. Zaynutdinova 3 million 870 ming so‘mga “Artel” rusimli konditsioner harid qiladi. Afsuski konditsioner yaroqsiz chiqadi. Mazkur holat yuzasidan federatsiya xodimlarining aralashuvi natijasida murojaatchiga 3 million 870 ming so‘m pul mablag‘i undirib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring