Noyob turdagi maymun bolasini xorijga olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi
Bojxonachilar mamlakatimizdan noyob turdagi maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi davlatimiz chegaralari yaqinida turgan «Spark» rusumli avtomashina bojxonachilar e’tiborini tortgan va avtoulov hamda uning ichida o‘tirgan fuqarolar F.U. va J.S.lar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina salonida noyob orangutan turiga mansub maymun bolasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv jarayonida mashinadagi tamaki qutisida 0,36 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Fuqaro J.S.ga tegishli sumkada esa 4 dona turli dori vositalari borligi ham ma’lum bo‘ldi.
Qonunbuzardan olingan maymun bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter