Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Qoraqalpog‘istonda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jumatdiin Idiyatullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Apparati rahbari etib tayinlandi. Bunga qadar u Jo‘qorg‘i Kenges Apparati ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Davranbek Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u Jo‘qorg‘i Kenges Apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ziyauatdin Zaytov Nukus tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Aybek Kamalov Kegeyli tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abatbay Daniyarov Nukus shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring