Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Obnal» ishida yutqazgan DSQ alamini Rasul Kusherbayevdan olmoqchi ko‘rinadi — Doniyor G‘aniyev

«Obnal» ishida yutqazgan DSQ alamini Rasul Kusherbayevdan olmoqchi ko‘rinadi — Doniyor G‘aniyev

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev «obnal» ishida yutqazgan DSQ alamini Rasul Kusherbayevdan olmoqchi ko‘rinayotganini aytadi.

«Yoki, QQS ishida yutqizgani xaqidagi xabarlardan jamoatchilik e’tiborini chalgitish uchun DSQ  shu yo‘lni o‘ylab topdimi?», deydi u.

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida «obnal ishi» bo‘yicha jabrlangan tadbirkorning soliq organiga nisbatan arizasi yuzasidan ko‘rib chiqilgan sud ishida kecha, 26 aprel kuni sud tadbirkor foydasiga hal qiluv qarori chiqargan.

Sud qaroriga ko‘ra, nizoli vaziyatda soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lsa-da, uning natijalari Soliq kodeksiga binoan rasmiy tekshiruv, uning dalolatnoma va qarorlari asosida rasmiylashtirilmagan. Sud da’vogarning arizasini shu asoslarga ko‘ra qanoatlantirgan.

«O‘ylaymizki, mazkur sud ishi va uni tadbirkor foydasiga hal qilinishi mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini oshirish bo‘yicha qilingan ishlarning, kichik bo‘lsada, natijasi deb ko‘rish mumkin.

Umid qilamanki, bu sud ishi ortidan DSQ tomonidan noqonuniy QQS qarzdordigi belgilangan ko‘plab tadbirkorlarimizda ham qonun ustuvorligiga bo‘lgan umid uchqunlarini uyg‘otadi va DSQga nisbatan sudga kiritgan da’volari bo‘yicha adolat qaror topishiga erishishga bo‘lgan harakatlarida taslim bo‘lishmaydi. 

Tadbirkorlarning DSQga qarshi da’volarini ko‘rib chiqayotgan qolgan ma’muriy sud sudyalariga esa Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi kabi odil va jasoratli bo‘lishlarini tilab qolaman», qayd etadi deputat Doniyor G‘aniyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring