Ochlikni tugatish mavzusidagi konferensiyaga Samarqand mezbonlik qiladi
Joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari qadimiy Samarqand Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi.
Konferensiyada dunyoning 32 ta mamlakatidan 2330 nafar xorijiy ekspert qatnashadi va global o‘zgarishlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning hozirgi holati bo‘yicha fikr almashadilar. 2030 yilgacha ochlikni tugatish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan «Ochliksiz hayot»ga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish tahlil qilinadi.
Shuningdek, anjuman yakunida zaminimiz istiqboliga qaratilgan investitsiyali loyihalar taqdimoti o‘rin olgan forum o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter