Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oddiy insonlar uchun oddiy bank» — Agrobank jiddiy o‘zgarishni e’lon qildi

«Oddiy insonlar uchun oddiy bank» — Agrobank jiddiy o‘zgarishni e’lon qildi

Respublikamizning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan «Agrobank» ATB shu yilning 4 dekabr kuni o‘z rebrendingini e’lon qildi. Rebrending taqdimoti poytaxtimizning «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar pavilionida o‘tkazildi.

So‘nggi 5 yillikda mamlakatimiz moliya-bank tizimida mislsiz o‘zgarishlar «Agrobank» faoliyatida ham yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda kapitallashuv bazasi keskin oshirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini faol kreditlash borasidagi imkoniyatlari kengaydi.

Respublika bank tizimini isloh qilish Strategiyasiga asosan «Agrobank» ATB faoliyati kichik va o‘rta biznesni, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qo‘llab-quvvatlash, hududlarda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish va kichik tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish belgilangan.

Ushbu yo‘nalishda transformatsiya jarayonlarini tizimli amalga oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki hamda KPMG kompaniyalari bilan hamkorlik qilinib, bankni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan strategiyadan kelib chiqib yetakchi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend joylashuvi hozirlandi. Unga ko‘ra, «Agrobank» oddiy insonlar uchun oddiy bank sifatida o‘z marketing kommunikatsiyasini amalga oshiradi.

Rebreding doirasidagi mahsulotlar Rossiya Federatsiyasining «Artemiy Lebedev studiyasi» va mahalliy dizaynerlarning o‘zaro hamkorligi asosida ishlab chiqilgan.

Jumladan, yangi logotip, naqsh (pattern) elmentlari, filiallarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish zali yangi ko‘rinishi, bank sayti, mobil ilova, qo‘shimcha elementlar, o‘ziga xos shrift yaratildi.

Yangi taqdim qilinayotgan yangi belgi va ko‘rinishlar o‘zining soddaligi bilan ajralib turadi va Agrobankning korporativ yashil rangida ishlangan. Tashqi transformatsiya xarajatlarini minimallashtirish uchun filiallarni yangilash uch bosqichda amalga oshiriladi va filiallarni rejalashtirilgan kosmetik ta’mirlash doirasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, taqdimot doirasida bankning ikki yo‘nalishida, ya’ni davlat dasturlari ijrosi va biznes yo‘nalishida yaratilayotgan ekotizim elementlari namoyish qilindi.

Ularning har biri raqamlilashtirish, marketpleys yaratish va mijozlarga onlayn xizmat ko‘rsatish vositalarini ko‘paytirishga qaratilgan. Bank mahsulotlarining negizida esa mijozlar, ularning ehtiyojlari turadi.

Xususan, ekotizim tarkibidagi quyidagi yo‘nalishlar ko‘rsatiladi:

Chakana.uz onlayn savdo maydoni. Bu yerda smartfonlar, kompyuterlar, ofis va maishiy texnikalarning keng assortimentini taklif etiladi va Agrobank mijozlari bir necha daqiqada mahsulotlarni kreditga olishlari mumkin;

«Fermerlar maktabi» – chorvachilik va parrandachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, moliya va huquqiy savodxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beruvchi o‘quv loyihasi;

«Agrobooks» – qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida o‘quv qo‘llanmalar jamlanmasi;

«Smart-ofis» – mijozlarga avtomatlashtirilgan o‘z – o‘ziga xizmat ko‘rsatish markazi;

«AgroZamin» - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib olish va sotish platformasi;

«Agro Finance Leasing» - yuridik shaxslar uchun lizing xizmatlarini ko‘rsatish;

«Leader Finance» brokerlik kompaniyasi bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar bozorida barcha turdagi xizmatlarni taqdim etadi;

«AgroLab» – o‘simliklarni himoya qilish biolaboratoriyasi.

Ma’lumot uchun:

Agrobank respublikamizning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, 170 ta filial, 146 ta bank xizmatlari markazlari, 498 ta 24/7 rejimidagi avtomatlashgan shoxbochalar tarmog‘iga ega.

Reklama

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring